O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida hududda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Taqdim etilgan tashabbuslar qatorida Termiz shahrida joylashgan Nova Pharm farmatsevtika zavodi faoliyati namoyish etildi. Taqdimotni kompaniya bosh direktori Satvinder Singh o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida davlat rahbari korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Xususan, korxonada antibiotiklarning quruq kukun shaklidagi antibiotiklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchinchi korpus ishga tushirilgan bo‘lib, hozirda faoliyat yuritmoqda va mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Nova Pharm zavodi zamonaviy texnologiyalar asosida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.
Loyiha quyidagilarga xizmat qiladi:
Nova Pharm faoliyati Surxondaryo viloyatining sanoat salohiyatini mustahkamlash va mamlakat farmatsevtika sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


