Select your language

YANGI DUNYO UCHUN YANGI YO'L
MISSIYA

MISSIYA

Bizning tashkilotimiz quyidagilarga asoslanadi:
Davlat va xalqaro farmakopeya tomonidan tasdiqlangan yuqori sifatli mahsulotlar

Samarali jarayonlar va texnologiyalardan foydalanish va boshqarish, odamlarning mehnat sifatini oshirish

Yosh avlodni mehnat va intizom bilan tarbiyalash.
KO‘RINISH

KO‘RINISH


Dunyoning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari bilan bir safda turish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish. Iste’molchi tomonidan hurmat va ishonchga erishish.

Doimiy ravishda yangi yo‘llarni izlash, yangi imkoniyatlarni yaratish, hamkorlarimiz, mijozlar va umuman jamiyatning ishonchini qadrlash.

"BIZNING MAQSAD - ENG QIMMATLI RESURS BO'LGAN INSON HAYOTINI ASRAB-AVAYLASH VA SIFATINI OSHIRISHDIR"

KORXONA ASOSCHISI SATVINDER SINGH

NOVA PHARM GROUP

NOVA PHARM Group O'zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda jahon darajasidagi FARMASEVTIKA/AYURVEDA/KOSMETIKA/VETERINARIYA dori-darmonlari va mahsulotlarini hamyonbop narxlarda yetkazib berish bo'yicha izchil ishlarni olib borish maqsadida biz tomondan tashkil etilgan. So'nggi yigirma yil davomida bizning Guruhimiz Sog'liqni saqlash/Ozuqaviy qo’shimchalar/Hayvonlarni parvarish qilish sohasida insonlarning farovonligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi va biz buni amalga oshirishda davom ettirmoqdamiz.

Biz o'z faoliyatimiz a’zolarini yangi texnologiyalar bilan yangilanishga, ilm-fandan foydalanishga, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb qilamiz va sog'liqni saqlash tizimidan foydalanish ko'amini kengaytirish uchun insonlar bilan qulay tarzda muloqatni amalga oshirish va ularning umumiy farovonligini qo'llab-quvvatlashga intilamiz. Bizda ushbu maqsadga erishishga bag'ishlangan maxsus vertikallar mavjud.

NOVA PHARM guruhining yetakchi korxonasi O'zbekistondagi yetakchi farmatsevtika marketingi va distribyutor korxonalaridan biridir. Bizning o'z strategik hamkorlarimizga egamiz: GENERATION PHARMA SERVICES- O'zbekiston, GRANDEUR GLOBAL-O'zbekiston, JACKSON LABORATORIES-Hindiston, HINDUSTAN HERBAL- Hindiston va GRANDEUR EXPORTS-Hindiston, ULAR BIZNING STRATEGIK HAMKORLARIMIZ SIFATIDA BUTUN DUNYO BO'YLAB INSONLAR FAROVONLIGI UCHUN BIZNING XIZMATLARIMIZ VA MAHSULOTLARIMIZ ASSORTIMENTINI KUCHAYTIRADI.

NOVA PHARM guruhining ishlab chiqarish bo'limi O'ZBEKISTONDA JOYLASHGAN GMP SERTIFIKATIGA EGA FARMATSEVTIKA KORXONASIDIR.

BIZ DOIMO BEMORLARIMIZNING EMOTSIONAL FARMAKOPIYASINI KUZATIB BORAMIZ va YUQORI SIFATLI MAHSULOTLARNI ENG HAMYONBOP NARXLARDA taqdim etamiz.

O'Z XODIMLARIMIZGA ularning TA'LIM, BILIMLARINI OSHIRISH BO'YICHA rivojlanishni taqdim etamiz, BU ESA KORXONANING O'SISHINI VERTIKAL RAVISHDA KENGAYTIRISH UCHUN XIZMAT QILADI.

NOVA PHARM RIVOJLANISH TARIXI

2002-2008

Bizning nova oilamiz 2002-yilda boshqa yurtdan kelgan va bu go'zal yurtni sevib, dori-darmon sohasida katta infratuzilma yaratish orzusi bilan kichik savdo shirkatiga asos solgan insonning orzusi edi. O'zbekiston hukumatining yangi sanoatni rivojlantirish dasturi yordamida Surxondaryo viloyatida (Termiz shahri) O'zbek-Hind nouhau bilan farmatsevtika va ayurveda mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha farmatsevtika sanoatining asoslarini yaratish uchun 6 yil vaqt kerak bo'ldi.

2002-2008

2008-2011

O'zbekiston hukumati TERMIZ SHAHRIDAN yer ajratgach, birinchi G'ISHT qo'yilib, insoniyatga tabletka va kapsula ko'rinishidagi dori vositalarini qo'shgan holda taqdim etgan 1-Bloki qurilishi boshlandi va bizning Nova Oilamiz orzusi amalga oshdi.

2011-2015

Surxondaryo viloyatida katta farmatsevtika va sog'liqni saqlash markazini yaratmagunimizcha bizning orzuimiz hech qachon to'xtamagan va to'xtamaydi, shuning uchun biz 2-Blokni tugatib, u yerda hozirgi kunda insoniyatga og'iz orqali qabul qilinadigan suyuq dori vositalarini yetkazib beryapmiz.

2011-2015

2015-2020

2015-yilda QURUQ KUKUN INYEKSIYON VOSITALARI ishlab chiqaruvchi 3-Blokga asos solish boshlangan va shu davrda oilamiz tomonidan Yaxshi Ishlab chiqarish Amaliyoti (GMP) sertifikatini olishga tayyorgarlik boshlangan.

2020-2022

Butun dunyo COVID-19 davrida eng og'ir vaqtni boshdan kechirdi va biz farmatsevtika kompaniyasi sifatida insoniyatga eng tejamkor narxda 2 million quti Azitromitsin tabletkalarini taqdim etdik va O'zbekistondagi barcha bemorlarga yetkazib berdik.

2020-2022

2022-yildan hozirgi kungacha

Bizning Nova oilamiz hali ham ishtiyoqqa to'la va oilamiz butun mamlakat bo'ylab bevosita va bilvosita biz bilan bog'liq bo'lgan 5 kishidan 246 kishiga ko'paydi. Biz Yaxshi Ishlab chiqarish Amaliyoti (GMP) sertifikatiga ega bo'ldik va hozirda sifatli mahsulotlar assortimentini yanada tejamkor narxlarda insoniyatni qo'llab-quvvatlash uchun ko'paytirmoqdamiz.
Image

Manzil:

Yuridik manzili: Surxondaryo viloyati. Termiz shahri, st. So‘fi Olloyor, 10-burilish №2

Ofis: O‘zbekiston, Toshkent, Olmazor tumani, ko‘ch. Nodira, 92A

Ish vaqti:

Dushanba-Jum: 9:00 dan 18:00 gacha
Tanaffus: 13:00-14:00

Email:

office@novapharm.uz
moh@novapharm.uz
info@novapharmgroup.com

Biz bilan bog’lanish:

(71) 240-62-26
(71) 227-42-80
(90) 954-00-12

Select your language