Select your language

Image
Image

Abdurahmonova Nargiza Abdumajidovna

Farmatsevtika fanlari doktori
Toshkent farmatsevtika instituti dotsenti
Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida “O‘zimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ulushini 80 foizga yetkazish…” kabi muhim vazifalar belgilangan. Shu munosabat bilan zamonaviy sifat me’yorlari talablariga javob beradigan dorivor o‘simliklar asosida ishlab chiqariladigan dori vositalari va BFQ (biologik faol qo‘shimcha)lar turlarini kengaytirish va ularni xalqaro me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek, mamlakatimiz farmatsevtika ishlab chiqarishiga joriy etish muhim ahamiyatga ega. Islohotlar natijasida, so‘nggi besh yil davomida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish uchun zarur bo‘lgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslar yaratildi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash sohasida oʻnta Qaror va Farmonlari qabul qilindi.

Respublika farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor oʻsimlik xom-ashyosini yetishtirishning oʻziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarishni toʻldirish, uni chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, respublikaning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish maqsaduda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining quyidagi farmon va qarorlari qabul qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5032-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №63-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagidagi “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” №138-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xomashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3617-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4668-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrdagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4901-son Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-251-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-131-son Farmoni.

Ushbu me’yoriy hujjatlarda bir qator dorivor eksportbop o‘simliklarni yetishtirish va tayyorlash uchun plantatsiyalar tashkil etish, ular asosida dori vositalari yaratish bo‘yicha laboratoriya va ilmiy tadqiqotlar olib borish, samaradorligi yuqori bo‘lgan dorivor o‘simliklarni bosqichma-bosqich tibbiy yordam ko‘rsatish standartlari va protokollariga kiritish, shuningdek, dorivor o‘simliklarni aholi va shifokorlar o‘rtasida targ‘ib qilish belgilangan. Shuningdek, barcha davlat tibbiyot ta’lim muassasalarida dorivor o‘simliklardan foydalanish va xalq tabobatini o‘rgatish bo‘yicha kafedralar tashkil etish; shifokorlarni dorivor o‘simliklar va xalq tabobati usullaridan foydalangan holda davolash bo‘yicha qayta tayyorlash va ixtisoslashtirish, shuningdek, terapevtlar, umumiy amaliyot shifokorlari va oilaviy shifokorlarni tayyorlash bo‘yicha chuqurlashtirilgan o‘qitishni tashkil etish; davlat tibbiyot muassasalarida, xususan, har bir poliklinikada xalq tabobati xonalari va dorivor o‘simliklar orqali davolash uchun dorivor o‘simliklar fitobarlarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Yuqoridagi farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qarori bilan “Nova Pharm” Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi respublikamiz hududida oʻsadigan dorivor oʻsimliklar asosida Ayurveda preparatlarini ishlab chiqarish tashabbusi bilan chiqdi. Ular tomonidan “Boysun-farm” yer hududi o‘zlashtirilgan bo‘lib, turli dorivor o‘simliklar, xususan, Hindistondan olib kelingan va Ayurveda preparatlari uchun xomashyo sifatida foydalaniladigan zarchava va helba o‘simliklarini yetishtirish uchun qo‘llanilmoqda.

Ayurveda bir necha ming yil oldin Hindistonda paydo bo‘lgan eng qadimgi fanlardan biridir. Garchi ba’zilar Ayurvedani “soxta fan” deb hisoblashsa-da, Ayurveda kasallikning dastlabki sabablarini bartaraf etish va bir vaqtning o‘zida kasallik belgilarini yengillashtirish hamda davolanish jarayonida hayot sifatini yaxshilash uchun kuchli vositalarga egadir.

Ayurveda tibbiyoti – to‘g‘ri ovqatlanish, massaj, nafas olish mashqlari, shuningdek, o‘tlar va minerallarga asoslangan tabiiy Ayurveda preparatlarini qabul qilishni o‘z ichiga olgan kompleks yondashuv sanaladi.

Ayurveda komplekslari – bu tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan ming yilliklar davomida tekshirilgan dorivor formulalar.

Hindistondagi dorivor o‘simliklar turli xil organik dori-darmonlar va komplekslarni yaratish uchun qimmatli manba hisoblanadi. O‘simlik komponentlari tibbiy Ayurvedada ishlatiladigan barcha kosmetika va dori vositalarining asosiy qismini tashkil qiladi. Shuning uchun, eng yaxshi Ayurveda klinikalari o‘z tashrif buyuruvchilari uchun organizmga ma’lum ta’sir ko‘rsatadigan individual mahsulotlarni ishlab chiqadilar. Zamonaviy laboratoriya sinovlari Ayurvedada qo‘llaniladigan ba’zi tabiiy moddalar va dorivor o‘simliklar asosida samarali dori-darmonlarni ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rsatadi. Ayurveda preparatlarining samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar ham olib borilmoqda, ammo barcha komplekslar o‘simlik materiallaridan tayyorlanganligi sababli ularni standartlashtirish qiyin. O‘zbekistonda «Nova Pharm»ning Ayurveda preparatlari BFQ – biologik faol qo‘shimchalar sifatida ro‘yxatga olingan, garchi ularning ba’zilari respublikamizning bir qator klinikalarida klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. “Nova Pharm” O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma korxonasida ayni paytda O‘zbekiston farmatsevtika bozorida muvaffaqiyatli sotilayotgan bir qator Ayurveda komplekslari ishlab chiqarilmoqda.

Ayurveda komplekslari qatori bugungi kunda juda muhim bo‘lgan dorilar: “Fenugreek”, “Cardio clear”, “Curcumin”, «Liv-Protect Hepa+», «Revmalin», «Висбест», «Hope» kapsulalari, «Novaston”, “Herbomix Broncho”, “Ayur-G” siroplari bilan ifodalanadi.

Nova Pharm» Ayurveda komplekslarining bir qismi bo‘lgan dorivor o‘simliklar asrlar davomida turli kasalliklarni davolashda samaradorligini isbotlagan o‘simliklardir: zanjabil, helba, tulsi (rayhon), zarchava, qizilmiya, kovrak (ferula), temirtikan va boshqalar. Bundan tashqari, ular hindlarning kundalik ovqatida har doim ziravorlar shaklida mavjud bo‘lib, fermentativ, mineral va vitamin yetishmasligini to‘ldiradi, ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi va umumiy mustahkamlovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 «Nova Pharm» Ayurveda komplekslari- bu yuqori farmakologik samaradorlikka ega bo‘lgan, tabiiy o‘simliklardan olingan zamonaviy innovatsion formulalar bo‘lib, ular xavfsiz va aholi uchun qulayligi bilan farqlanadi.

Manzil:

Yuridik manzili: Surxondaryo viloyati. Termiz shahri, st. So‘fi Olloyor, 10-burilish №2

Ofis: O‘zbekiston, Toshkent, Olmazor tumani, ko‘ch. Nodira, 92A

Ish vaqti:

Dushanba-Jum: 9:00 dan 18:00 gacha
Tanaffus: 13:00-14:00

Email:

office@novapharm.uz
moh@novapharm.uz
info@novapharmgroup.com

Biz bilan bog’lanish:

(71) 240-62-26
(71) 227-42-80
(90) 954-00-12

Select your language