Select your language

MAS’ULIYAT

Bizning jamoalarimiz

BOLALAR SOG’LIG’I

BOLALAR SOG’LIG’I

Nova Pharma guruhi barcha taqdimotlar va seminarlardagi o’z ishtirokida amalga oshiriladigan xabardorlik nutqi bilan bolalar salomatligi hamda chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirishga hissa qo'shishga intiladi.

Bizning
"SOG'LOM BOLA, SOG'LOM DUNYO"

shiorimiz ONALARNI (homilador va emizikli ayollarni) to'g'ri OVQATLANISH, GIGIYENA AMALIYOTLARINI o’rgatish va bolalarning sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish uchun NOJO'YA TA'SIRLARSIZ AYURVEDIK DORI VOSITALARIDAN XABARDOR QILISHGA qaratilgan.
SOG’LIQNI SAQLASHGA KIRISH

SOG’LIQNI SAQLASHGA KIRISH

Bizning strategik maqsadlarimiz mahsulotlarimizni kuchli tarqatish tarmog'i va ta'minot zanjirini saqlab qolish orqali sog'liqni saqlashdan arzon foydalanishga doimiy hissa qo'shish bilan sog'lom va adolatli dunyoni shakllantirishga qaratilgan.

Biz dori-darmonlarimizni vaqti-vaqti bilan imkoniyati cheklangan va hayotga xavf soladigan kasalliklardan aziyat chekayotgan insonlarga hadya qilamiz.

Bizning NOVA PHARM OILAMIZ hadya qilinuvchi dorilar tuzilishini ishlab chiqib, NNTlar bilan aloqalarni davom ettiradi.

Bizning sayyora

DARAXT EKISH

DARAXT EKISH

Bizning oilamiz kampaniya o'tkazmoqda va har bir oila a'zosi ona vatanimizni ko'kalamzorlashtiradigan va Yer yuzida yaxshi iqlimni ta’minlaydigan daraxt ekadi. Yaxshi iqlim, o’z navbatida, tabiiy yomg'irni yog'diradi va yerimiz suv bilan ta'minlanadi, bu esa hozirgi vaqtda diqqat qaratiladigan eng muhim soha hisoblanadi.

Bizning insonlar

BARCHA UCHUN TENG IMKONIYATLAR

BARCHA UCHUN TENG IMKONIYATLAR

Bizning Nova Guruhi - bu o'z xodimlari uchun ham, jamoa rahbarlari uchun ham ish joyida xilma-xillikni qo'llab-quvvatlashga sodiq bo'lgan teng imkoniyatli ISH BERUVCHIDIR.

XILMA-XILLIK, INKLYUZIVLIK va hamma uchun HURMAT tashkiliy qadriyatlarni to'ldiradi va bizning muvaffaqiyatimiz uchun juda muhimdir.

Biz oilamizda insonlarni, ularning bir-biridan farqini va ular qo’shayotgan hissasini sharaflaydigan muhitni saqlab turamiz.

Biz Xodimlar uchun TENG IMKONIYAT tamoyillariga sodiqmiz va ularga KAMSITISH VA TAZYIQDAN xoli ish muhitini yaratib beramiz.

XODIMLAR SALOMATI VA XAVFSIZLIGI

XODIMLAR SALOMATI VA XAVFSIZLIGI

Bizning Nova oilamiz barcha xodimlarimiz uchun xavfsiz va sog'lom ish joyini ta'minlaydi. Bizning umumiy infratuzilmamiz xalqaro standartlarga muvofiq quriladi va qo'llab-quvvatlanadi, biz xavfli vaziyatlarni hal qilish uchun shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash maqsadida muntazam ravishda xavfsizlik uchrashuvlarini o'tkazamiz.

Xavfsiz ish amaliyotini ta'minlash uchun biz muntazam ravishda turli mavzularda treninglar o'tkazamiz, bizning feldsherlar va tegishli shifokorimiz BIRINCHI YORDAM qutisi bilan to'liq ta’minlangan va bu ish joyimizda muntazam ravishda yangilanadi.

Favqulodda vaziyatlar holati uchun biz yaqin atrofdagi shifoxonalar bilan aloqani o’rnatganmiz va barcha xodimlarimiz muntazam ravishda tibbiy ko'rikdan o'tadilar.

Manzil:

Yuridik manzili: Surxondaryo viloyati. Termiz shahri, st. So‘fi Olloyor, 10-burilish №2

Ofis: O‘zbekiston, Toshkent, Olmazor tumani, ko‘ch. Nodira, 92A

Ish vaqti:

Dushanba-Jum: 9:00 dan 18:00 gacha
Tanaffus: 13:00-14:00

Email:

office@novapharm.uz
moh@novapharm.uz
info@novapharmgroup.com

Biz bilan bog’lanish:

(71) 240-62-26
(71) 227-42-80
(90) 954-00-12

Select your language