
Ayurveda — bu Hindistonda 5000 yildan ortiq vaqt avval yuzaga kelgan tibbiyotning an'anaviy tizimidir. Ayurveda tizimiga ko‘ra, hayotga bo‘lgan yondashuvni xabardorlik va uzoq umr sifatida ta’riflash mumkin. Salomatlikka bo’lgan preventiv yondashuv hozirgi real vaziyatda ayniqsa dolzarb bo’lib, bunda inson uchun kasalliklar va uning asoratlarini oldini olish, kasalliklarni davolash uchun sun'iy va kimyoviy moddalar iste'molini kamaytirish ustuvor hisoblanadi.
Biz Nova Pharm korxonasida o’z e’tiborimizni Ayurveda dori vositalariga oid keng bilimlarga qaratdik. Ayurveda tibbiyotining qimmatli reseptlariga, ya'ni o'tlar inson organizmiga shifobaxsh ta'sir ko’rsatadigan holda o'zaro ta'sirga kirishib, bir-birini to'ldiradigan o'simlik aralashmalarining noyob formulalariga ega bo’lgan holda, biz Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsadigan oʻt va oʻsimliklar ekstraktlarining eng boy tanlovi asosida oʻsimlik asosidagi preparatlarni ishlab chiqarish tashabbusi bilan chiqdik.
"Ayurveda" so'zi "hayot haqidagi fan" sifatida tarjima qilinadi (sanskrit: "ayus" "hayot" va "veda" "bilim" yoki "fan" degan ma'noni anglatadi). Ushbu tizim salomatlik va farovonlik tana, ong va ruh o'rtasidagi uyg'unlikka, shuningdek, atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirga bog'liq degan falsafaga asoslanadi. Biz Nova Pharm korxonasida o‘simliklar haqidagi ko‘p asrlik bilimlarni va zamonaviy ilmiy yondashuvni birlashtirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Noyob o'simlik retseptlaridan foydalanib, biz olingan natijaning toksikligi, sifati va samaradorligini sinchkovlik bilan sinovdan o’tkazamiz. Biz o’z mahsulotlarimizni yaratish jarayonida tabiiy shifobaxsh o'simlik resurslariga juda boy bo'lgan yerga ham hurmat-ehtirom ko‘rsatamiz.
Manbalarga e’tiborni qaratamiz: Nova Pharm Ibn Sino (O‘zbekiston olimi, tabibi va faylasufi) ta’limoti bilan ayurveda bilimlari o‘rtasida taqqoslashni amalga oshiradi. Ushbu tizimlar bir-biridan mustaqil ravishda turli xil madaniy va tarixiy sharoitlarda paydo bo'lgan va rivojlangan bo'lsa-da, ularning tibbiyotga bo'lgan yondashuvlari salomatlik va kasalliklarni tushunishda ajoyib o’xshashlikni ko'rsatadi. Ikki yo’nalish ham muvozanat, davolanishga bo’lgan individual yondashuv va o'simlik vositalaridan foydalanish muhimligini tan oladi.
Muvozanat va uyg'unlik: Ikkala ta'limot ham tanadagi muvozanatning muhimligiga e’tiborni qaratadi. Ayurvedada bu doshalar (Vata, Pitta, Kapha) muvozanati orqali ifodalangan bo'lsa, Ibn Sino esa besh elementning (makon, yer, suv, havo, olov) muvozanati va ularning sog'liqqa ta'siri haqida aytib o’tgan.
Vata dosha shamol (havo) energiyasining harakatchanligi bilan tavsiflanadi. Havo + Efir (makon) - harakat va aloqani boshqaradi.
Pitta dosha olov energiyasining o'zgaruvchan tabiatini o'zida mujassam etadi. Olov + Suv – moddalar almashinuvini ifodalaydi. Ovqat hazm qilish va transformatsiyani tartibga soladi.
Kapha dosha suv energiyasining bog’lovchi tabiatini aks ettiradi. Suv + Yer - ong va tananing uyg'unligi, tuzilishi va barqarorligini o'zida mujassam etadi.

Kasalliklarning sabablari: Ikkala tizim ham kasalliklar tabiiy muvozanatning buzilishidan kelib chiqishini tan oladi. Ayurveda doshalarning nomutanosibligi kasalliklarga olib keladi, deb hisoblaydi, Ibn Sino esa kasalliklarni tanadagi elementlar va sifatlarning nomutanosibligi bilan bog'laydi.
Ushbu bilimlar bir-birini to'ldiradi va salomatlik hamda farovonlikni umumiy tarzda tushunishga qimmatli hissa qo'shadi, bu ko'p asrlik tajribaga asoslangan holda o'simliklar va o'tlar salohiyatining salomatlikni saqlash va yaxshilashdagi ahamiyati haqida xabar beradi.
«Befoyda o'tlar bo’lmaydi, faqatgina bilimlar yetishmasligi bo’ladi.»
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (Ibn Sino)
O’simliklar asosidagi barcha komplekslar biologik faol qoʻshimchalar boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasining barcha standartlari boʻyicha sifat nazoratidan oʻtkaziladi va tegishli sertifikatga ega.
Sizlarning kelajagingiz haqida qayg‘urgan holda, Nova Pharm korxonasi

HINDUSTAN HERBALS Ltd. Raisi/Boshqaruvchi direktori - HINDISTON
Ayurveda formulalari va o'simlik ekstraktlarini ishlab yaratuvchi va yetkazib beruvchi


