
Kurkuma — Ayurvedada eng mashhur ziravorlardan biri bo‘lib, uni “Hindiston oltini” deb ham atashadi. Uning asosiy faol moddasi — kurkumin — kuchli yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega.
Zarchavaning foydalari nimada?
Immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi
Organizmga viruslar va yallig‘lanishlarga qarshi kurashishda yordam beradi.
Bo‘g‘imlar parvarishi
Yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi va og‘riqni yengillashtirishi mumkin.
Miya uchun foydasi
Xotira, diqqat va neyrodegenerativ kasalliklar profilaktikasiga ta’siri o‘rganilmoqda.
Teri salomatligi
Terini tozalashga yordam beradi va sog‘lom nur bag‘ishlaydi.
Ovqat hazm qilishni qo‘llab-quvvatlaydi
O‘t ajralishini rag‘batlantiradi va modda almashinuvini yaxshilaydi.
Yurak salomatligi
“Yomon” xolesterin darajasini kamaytirishga ko‘maklashadi.
Antioksidant himoya
Hujayralar qarishini sekinlashtiradi.
Jigar detoksini qo‘llab-quvvatlaydi
Organizmning tabiiy tozalanish jarayonlarini faollashtiradi.
Zamonaviy qo‘llanilishi:
• Kapsulalar va standartlashtirilgan ekstraktlar;
• Funktsional ichimliklar va wellness-shotlar;
• Bo‘g‘imlar va immunitet uchun nutrasevtiklar;
• Kosmesevtika (teri, anti-age).
Maksimal foyda olish uchun kurkuminni biokiraolishligi yuqori shaklda qabul qilish muhim.
Nova Pharm mahsulotlar qatorida kundalik qabul qilish uchun qulay va organizmni samarali qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan Kurkumin mavjud.
Ratsioningizga “salomatlik oltini”ni qo‘shing va tabiat kuchini his eting