Kompaniya ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam qo‘ymoqda — quruq kukun shaklidagi antibiotiklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchinchi ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirildi.
Yangi majmua zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga to‘liq mos keladi. Uning ishga tushirilishi ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, mahsulot assortimenti kengaytirish hamda ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida barqaror sifatni ta’minlash imkonini beradi.
Mazkur loyiha kompaniyaning O‘zbekistondagi mavqeini mustahkamlab, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish va sog‘liqni saqlash tizimiga yuqori sifatli dori vositalari bilan hissa qo‘shishga qaratilgan strategik yo‘nalishini tasdiqlaydi.